Chexiya prezidenti Milosh Zeman mamlakatning Yevroittifoq tarkibidan chiqishi uchun referendum o‘tkazilishini yoqladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Chexiya yevro hududiga qo‘shilishga salkam 10 yildan beri tayyorgarlik ko‘radi. Biz Maastrixt shartnomasi talablarini bajaryapmiz. Biroq mental to‘siq mavjud: chexlarning atigi 30 foizi yevro hududiga qo‘shilishga tayyor”, — ta’kidladi Zeman.
Davlat rahbariga ko‘ra, Yevroittifoq tarkibidan chiqish masalasini mamlakat fuqarolari hal etishi lozim. Uning o‘zi esa bunday referendumda tuzilmadan chiqishga qarshi ovoz bergan bo‘lardi.
Izoh (0)