Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi Pavel Shapkin o‘z sahifasida O‘zbekistonlik yigit unga ichida ko‘p miqdorda pul bo‘lgan yo‘qotilgan hamyonni qaytargani haqidagi hikoya bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “1news.uz” xabar bermoqda

Foto: “VKontakte”/Pavel Shapkin

Foto: “VKontakte”/Pavel Shapkin

“Bugun hamyonimni yo‘qotdim. Ko‘z oldingizga keltirishingiz uchun uning ichida naqd 100 ming rubl va bundan ham ko‘p summa bo‘lgan barcha kartalarim bor edi. 

Hamyonim qayerda, kimning qo‘lida ekanligini tasavvur ham etolmasdim. To‘g‘rirog‘i, variantlar bor edi, biroq biri ikkinchisidan ayanchliroq. 

Shu ahvolimda qo‘ng‘iroq yangradi va O‘zbekistonlik oddiy yigit menga hamyonimni topib olgani, uni qaytarib bermoqchi ekanligi, chunki uni ota-onasi shunday tarbiyalaganini ma’lum qildi. 

Haligacha o‘zimga kelolmayman. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, axir unga bu pullar, yumshoqroq qilib aytganda, ortiqchalik qilmas edi-ku? Oilasi va yosh rafiqasi uchun ham. Ammo u buning o‘rniga meni qidirib topdi va hammasini qaytardi. Gap bo‘lishi mumkin emas. Bu esa esdalik uchun foto”, — deya yozuv qoldirdi post muallifi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi
Mahalliy
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi