Markaziy Afrika respublikasida qurolli guruhlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 50 ga yaqin kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters manbalariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“50 ga yaqin kishi halok bo‘lganini aytishim mumkin. Kasalxonaga 42 ta jasad keltirildi”, — deya ma’lum qildi to‘qnashuvlar ro‘y bergan Bria shahri meri Moris Belikussu.
Merga qo‘ra, qo‘shni hududlarda ham halok bo‘lganlar jasadi bor, biroq ular hali kasalxonaga olib kelinmagan.
Izoh (0)