Finlyandiyaning sobiq prezidenti Tarya Xalonen “Qutqaruv armiyasi” tashkilotining xayriya kampaniyasi uchun uysiz qiyofasida suratga tushdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Omadsizlik har kimning boshiga kelishi mumkin” aksiyasidan ko‘zlangan maqsad uysizlar va hayotda muvaffaqiyatsizlikka uchraganlarning taqdiriga befarq bo‘lmaslikka aholini chaqirishdir.
Anton Suksdorff tomonidan olingan suratda Xalonen zinada o‘tiribdi, uning nigohi bo‘shliqqa qaratilgan, usti-boshi kir.
“Bundan ortig‘i bo‘lmaydi — u o‘z roliga butunlay kirishib ketdi, va biz kerakli kadrlarni 20 daqiqa ichida suratga oldik. U o‘zini haqiqiy professionaldek tutdi”, — dedi fotograf.
Izoh (0)