Buyuk Britaniyada 20-iyun muhim ijtimoiy tadbirlardan biri — Askotda Qirollik ot poygalarining birinchi kuni: Angliyadagi tadbirga qirolicha Yelizaveta II boshchiligida Britaniya monarxiyasi vakillari yetib keldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”
Kembrij gersogi va gersoginyasi shahzoda Edvard hamda uning rafiqasi Sofi bilan birgalikda bitta kabrioletda keldi. Ot poygalari boshlanishidan oldin qirollik oilasi Londondagi terakt hamda Grenfell Tower’da sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga bir daqiqa sukut saqladi. Shuningdek, Askot otchopari yong‘indan talafot ko‘rganlarga yordam ko‘rsatuvchi Britaniya Qizil Xoch jamiyati va fondlarga 100 ming funt taqdim etishi ma’lum qilindi.
Izoh (0)