Yevroittifoq kengashi qisqa muddatli Shengen vizalari formatini belgilovchi 1995-yilgi reglamentga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“20 yildan buyon amaldagi viza stikeri qalbakilashtirish va qalloblik bilan bog‘liq voqealar tufayli tahdid ostida qoldi”, — deyiladi shu munosabat bilan tarqatilgan xabarnomada.
Hujjatda aytilishicha, yangi reglament iyul oyining boshida Yevroittifoq Kengashi va Yevroparlament tomonidan imzolanib, Yevroittifoqning rasmiy jurnalida chop etiladi.
Izoh (0)