UFC jangchilarining boksda o‘z omadini sinab ko‘rishi tobora ko‘p muhokama etilayotgan mavzulardan biri bo‘lib turibdi. Konon MakGregor va Floyd Meyvezer o‘rtasidagi 26-avgust bo‘ladigan jang bu borada bir qator savollarga javob berishi turgan gap.
Bunga qadar boshqa bir UFC jangchisi — kanadalik Tim Xeyg boksda karyerasini boshlab yuborgandi. O‘zining 34 yoshida maktabda dars beruvchi Xeyg boksda uchta jang o‘tkazib, bittasida g‘olib chiqqan va ikkitasida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
MMA ustasi o‘zining to‘rtinchi jangini Adam Braydvudga qarshi o‘tkazdi. Braydvud bunga qadar 8 ta jangining 7 tasida raqiblarini nokaut qilgan va faqatgina 1 tasida imkoniyatni boy bergandi.
Sportchilarning o‘zaro jangi ikki raund davom etdi. Birinchisida Xeyg uch marta nokdaun holatiga tushib qoldi. Ikkinchi raunddagi hisob bo‘yicha to‘rtinchi nokdaundan keyin sportchi hushini yo‘qotdi. Oradan ikki kun o‘tib Tim Xeyg miyasiga qon quyilishi natijasida olamdan o‘tdi.
Izoh (0)