AQSh ma’muriyati bir yildan ortiq vaqt davomida KXDR qamog‘ida o‘tirib, koma holatida ozod qilingan, ammo birozdan so‘ng vafot etgan amerikalik talaba Otto Uormbirning o‘limida Shimoliy Koreya rasmiylarini aybladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Uormbir oilasiga hamdardlik izhor qilib, Shimoliy Koreya rejimining shafqatsizligiga urg‘u berdi. AQSh davlat kotibi Reks Tillerson ham hamdardliklarga qo‘shilib, KXDR rasmiylarini talabaning o‘limida aybladi.
“Hisobsiz erkaklar va ayollar Shimoliy Koreya jinoyatchilarining qo‘ladi jon berdi”, — dedi AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeylishu munosabat bilan bergan bayonotida.
Izoh (0)