2017-yilning 17-iyun kuni Toshkent shahri hududida 5 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Ularda 6 kishi tan jarohati oldi, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan jami 2451 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, ulardan 625 tasini qo‘pol turdagi, 12 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan jami 1093 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, ulardan 575 tasini svetaforning ta’qiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmaslik, 518 tasini belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etdi.
Izoh (0)