Xitoy Super ligasining 13-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” klubi “Guangjou” klubi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
O‘yinning 45-daqiqasida shanxayliklarning braziliyalik legioneri Oskar jamoadoshi Xalk oldirib qo‘ygan to‘pni qayta egallab oldi va u bilan raqibning ikki futbolchisini qasddan nishonga oldi. Oskarning bu harakatlari mezbon futbolchilarga yoqmadi va ular Oskarni turtkilab tashladi.
Shundan keyin har ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida katta janjal boshlanib ketdi. Yakunda bosh hakam har ikki klubning bir nafardan futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining yig‘inidan qaytib kelgan Odil Ahmedov mazkur uchrashuvda ishtirok etmagandi.
Izoh (0)