O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Konfederatsiyalar kubogining 1-turidan joy olgan Avstraliya — Germaniya o‘yinida videotakrorlar uchun javob beradi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
Bellashuv bugun — 19-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi. Kecha mazkur guruhdagi birinchi o‘yinda Chili termasi Afrika chempioni Kamerun ustidan 2:0 hisobida zafar quchgandi.
Ravshan Ermatov Rossiya—2018 mundialiga tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan hakamlar ro‘yxatiga kiritilgan. Shu boisdan u Konfederatsiyalar kubogiga videotakrorlar bo‘yicha mutaxassis sifatida taklif etildi.
Jahon chempionatlaridagi 9 ta uchrashuvda ishlagan Ermatov bu borada rekord o‘rnatgan.
Izoh (0)