Parijdagi Yelisey maydonida avtomobil politsiya avtobusiga urildi. Bu haqda, BFMTV’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea Yelisey saroyi yaqinida ro‘y berdi.
Ayni paytda hudud o‘rab olingan. Voqea joyida politsiyachilar va yong‘in xizmat ishlamoqda. Atrofdagi metro bekatlari yopilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qasddan uyushtirilgan. Boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)