• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yuridik ta’limda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

    “Xushnudbek.uz” saytida keyingi o‘quv yilidan O‘zbekistonda yuridik yo‘nalishdagi oliy ta’limda ro‘y beradigan o‘zgarishlar haqida ma’lumot keltirildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    2-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    Ushbu qaror bilan Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi hamda hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish belgilandi.

    1-o‘zgarish: Toshkent davlat yuridik universitetiga xorijiy fuqarolarni qabul qilishda, boshqa OTMlardan farqli o‘laroq, test sinovlaridan voz kechilib, shunchaki suhbat o‘tkaziladigan bo‘ldi.

    O‘zgarishga ko‘ra, endilikda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar nafaqat TDYuU, balki barcha OTMlar bakalavriatiga suhbat natijasida qabul qilinadigan bo‘ldi. MDHdan boshqa mamlakat fuqarolari uchun esa OTMlarda test sinovi saqlanib qolgan. TDYuUda barcha xorijliklar suhbat asosida qabul qilinadi.

    2-o‘zgarish: Xorijiy fuqarolarni qabul qilishda abituriyentlar o‘z hujjatlarini internet orqali yuborishi yo‘lga qo‘yildi. Faqat abituriyentlardan suhbatga kelganda o‘zlari bilan hujjatlarning originallarini olib kelish va tasdiqlash talab etiladi, xolos.

    Aslida bunday tizim deyarli barcha xorijiy OTMlarida mavjud. Tegishli hujjatlarning oddiy skaner varianti birlamchi hujjat topshirish uchun yetarli hisoblanadi. Chunki keyinchalik ularning haqqoniyligini tekshirish va agar kimdir aldagan bo‘lsa, unga rad javobini berish imkoni har doim bo‘ladi.

    Hozirda faqat Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagina bakalavriat uchun hujjatlarni onlayn qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan, xolos.

    3-o‘zgarish: Bir semestrda nazariy bilimlarni egallashga ajratilgan 18 haftalik o‘quv jarayonlari 14 haftaga qisqartirildi. Ortib qolgan to‘rt haftalik muddat talabalarning mustaqil izlanishlari va nazorat ishlari uchun ajratiladi.

    Shuningdek, auditoriya darslari hajmining haftalik maksimumi 36 soatdan 30 soatga qisqartirildi. Bu TDYuUda haftasiga besh kun o‘qish bo‘ladi degani.

    Barcha xorijiy OTMlardan farqli ravishda, O‘zbekistonda 2-sentabrdan yanvar oyining o‘rtasiga qadar o‘quv mashg‘ulotlari davom etadi. Natijada o‘qish samaradorligiga bu omil salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchi charchaydi, talaba charchaydi, chunki vaqtining aksariyat qismini auditoriyada o‘tkazadi, amaliy ko‘nikma hosil qilmaydi. TDYuUda esa 18 haftalik muddat 14 haftaga qisqartirildi.

    Bundan tashqari, TDYuUda barcha fanlar kesimida haftasiga bitta leksiya va bitta seminar o‘tiladigan bo‘ladi. Bu o‘z navbatida o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasini sezilarli darajada kamaytiradi va ularga qulaylik yaratadi, o‘qitish samarasini oshirishga olib keladi.

    4-o‘zgarish: TDYuU davlat ta’lim standartlarida belgilangan o‘quv bloklariga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega bo‘ldi.

    5-o‘zgarish: TDYuUda O‘zbekistondagi OTMlar orasida birinchi bo‘lib o‘qitishning kredit tizimiga o‘tiladi. Kredit tizimi talabalar o‘quv yuklamalari hajmini aniqlashning shartli belgisi bo‘lib, xorijiy ta’lim muassasalarida eng keng tarqalgan tizim hisoblanadi.

    6-o‘zgarish: Toshkent davlat yuridik universitetiga pedagog xodimlar adliya organlari va muassasalari uchun belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan tanlov asosida qabul qilinadi.

    7-o‘zgarish: TDYuUga bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar ham o‘qituvchi sifatida ishga olinishi mumkin.

    Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda oliy ta’lim o‘qituvchisi lavozimini egallash uchun albatta magistrlik darajasi bo‘lishi lozim.

    Mazkur o‘zgarishga ko‘ra, TDYUUga o‘qituvchi sifatida ishga kirishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasi kengayadi va quruq magistrlik diplomiga emas, balki olinayotgan shaxsning tajribasiga qaraladi.

    8-o‘zgarish: TDYuUda o‘qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejasi faqat o‘quv tusdagi tadbirlarni o‘z ichiga oladigan bo‘ldi. Shuningdek, o‘qituvchilardan 1540 soatlik “nagruzka” ham olib tashlandi.

    Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida o‘qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejasi:

    o‘quv;

    ilmiy-metodik;

    ilmiy-tadqiqot;

    tashkiliy-metodik;

    ma’naviy-axloqiy;

    tarbiyaviy tusdagi asosiy tadbirlar ro‘yxatini, tadbirlardan har biri bo‘yicha soatlar miqdorini ko‘rsatgan holda, o‘z ichiga oladi.

    O‘qituvchi o‘zining asosiy vazifasi, ya’ni dars berishdan tashqari, yana ko‘plab jamoatchilik ishlariga jalb qilinadi, har bir o‘tkazgan tadbirini isbotlash uchun tonnalab qog‘ozbozliklarga mahkum etiladi. Yil oxirida soati chiqmayotgan o‘qituvchi qo‘shib yozish uchun nimalarnidir o‘ylab topishga majbur bo‘ladi. Umuman o‘qituvchining asosiy fikru xayoli 1540 soatlik “nagruzka”ni bajarishda bo‘ladi.

    TDYuUda endilikda o‘qituvchining yillik shaxsiy ish rejasi faqat o‘quv tusdagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ammo bu degani o‘qituvchilar qolgan yo‘nalishdagi tadbirlarni bajarmaydi degani emas. Qo‘shimcha tadbirlarni bajargani uchun o‘qituvchilarni ish haqi fondining 85%i miqdorida alohida rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.

    9-o‘zgarish: TDYuUda tahsil olayotgan talabalar ikkinchi kursdan boshlab o‘qishning bir o‘quv yiligacha bo‘lgan muddatni xorijiy OTMning yurisprudensiya yo‘nalishida o‘qish huquqiga ega. Talabaning xorijiy OTMda o‘qigan davri va o‘zlashtirgan fanlari ma’lumotnoma asosida universitet kengashi tomonidan universitet o‘quv rejasi va dasturlarining tegishli qismlarini o‘zlashtirganligi sifatida qabul qilinishi va talabaga o‘qishini tegishli o‘quv semestridan davom ettirish huquqi berilishi mumkin.

    TDYuUdagi o‘zgarishga binoan, endilikda 1 yilgacha muddatga o‘qishga ketgan talaba, qaytib kelgach, kelgan joyidan o‘qishini davom ettiraveradi, behuda vaqt yo‘qotmaydi.

    10-o‘zgarish: TDYuU talabalari endilikda akademik o‘zlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun talabalar safidan chiqarilmaydi. Akademik qarzdor talabalar o‘zlashtira olmagan fanlarni takroran o‘qitish uchun tegishli kursda qoldiriladi.

    Endilikda TDYUUda fanni o‘zlashtira olmagan talaba talabalar safidan chetlatilmaydi, shunchaki kursdan kursga qoldiriladi. Kelgusi o‘quv yilida esa xuddi o‘sha o‘zi o‘zlashtira olmagan fanni o‘qiydi. O‘zlashtirgan fanlarini qayta o‘qishi shart bo‘lmaydi.

    11-o‘zgarish: TDYuU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti negizida Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etiladi.

    12-o‘zgarish: Endilikda TDYuU bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

    18.06.2017, 16:41   Izoh (0)   15862
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda uyining omborxonasida 1,5 kilogrammdan oshiq ko‘knor saqlagan shaxs qo‘lga olindi

    18.06.2017, 14:59

    90 mln so‘m evaziga Malibu taklif qilgan firibgar pulning yarmini ishlatib yubordi

    18.06.2017, 11:38

    O‘zbekiston tijorat banklaridagi davlat ulushi 500 mln dollarga oshiriladi

    18.06.2017, 11:23

    Fitrni hayit namozidan oldin berish shartmi?

    18.06.2017, 10:48

    Jizzaxda kam ta’minlangan oilalarga tikuv mashinalari topshirildi

    18.06.2017, 10:37

    DTM jadvali e’lon qilindi: kvotalar va abituriyentlar soni

    18.06.2017, 10:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston “Milliy” banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL

     

    Tavsiya etamiz

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaman husiylari Qizil dengizda bir hafta ichida 2 ta yuk kemasini cho‘ktirdi (video)

    Dunyo | 10 iyul, 11:40

    O‘zbekiston “Milliy” banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

    Reklama | 10 iyul, 10:30

    Xabi Alonso: “Bu o‘yin bizga saboq bo‘ldi”

    Sport | 10 iyul, 11:30

    Qon bosimini tushirishga yordam beruvchi 6 samarali ichimlik

    Salomatlik | 10 iyul, 11:20

    AQSH BMT vakiliga G‘azoga hujumni qoralagani va XJSni qo‘llagani uchun sanksiya kiritdi

    Dunyo | 10 iyul, 11:10

    Issiq kunlarda nima ichish va ichmaslik kerak?

    Maslahatlar | 10 iyul, 10:55

    O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining kasbiy standarti tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 10 iyul, 10:45

    Insonning o‘ziga yoqmaydigan ishda ishlashi ruhiy muammolarni keltirib chiqaradi

    Layfstayl | 10 iyul, 10:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.