O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan keyingi haftada Dushanbega bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov boshchiligidagi hukumat iqtisodiy bloki delegatsiyasi tashrif buyuradi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.
Tarkibiga rasmiy hokimiyatning 17 vakili hamda biznes davralarining 40 nafar yirik namoyandasi kiradigan delegatsiya 20-iyun kuni Tojikiston poytaxtiga yetib kelishi kutilmoqda. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish.
Ikki kun davomida tomonlar hamkorlik istiqbollari borasida muzokaralar olib boradi.
Mazkur muzokaralarda Tojikiston delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari Davlatali Said boshchilik qiladi.
21-iyun kuni Dushanbeda biznes-forum o‘tkaziladi.