12-iyun kuni “Urganch–Xonqa” avtomobil yo‘lida Nexia va Spark avtomobillarining to‘qnashuvi ro‘y berdi. Bu haqda favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
To‘qnashuv chog‘ida Nexia haydovchisi R. Karimovning oyog‘i rul va o‘rindiq o‘rtasida qolib ketdi. YTH joyiga yetib borgan navbatchi guruh maxsus gidravlik uskuna yordamida jabrlanuvchini mashina ichidan chiqarib oldi.
R. Karimovga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi, so‘ng u Xonqa tuman tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlariga topshirildi.
Izoh (0)