Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on muxolif Xalq-respublikachi partiyasi yetakchisiga norozilik namoyishi uyushtirgani tufayli tahdid qildi. Bu haqda, CNN Turk telekanaliga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Partiya deputati Enis Berbero‘g‘liga nisbatan sudda ayblov hukmi e’lon qilinganidan so‘ng bunga qarshi norozilik marshi uyushtirilgan edi.
“Ertaga adliya organlari senga ham qo‘ng‘iroq qilsa hayron qolma”, — dedi Erdo‘g‘on, partiya raisi Kamol Qilichdoro‘g‘liga murojaat qilarkan.
Izoh (0)