16-iyun kuni Toshkent shahri hududida beshta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida olti kishi tan jarohati olgan va bir kishi vafot etgan, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB rasmiy sayti.
16-iyun kuni Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan jami 1601 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan 371 tasini qo‘pol turdagi, to‘rttasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
16-iyun kuni Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan jami 1452 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 865 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 587 tasini belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.
Izoh (0)