AQSh Davlat departamenti jangarilar Tojikistonda teraktlar tayyorlashi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Garchi oxirgi paytlarda uyushgan terrorchilik guruhlari Tojikistonda hujumlar uyushtirmagan bo‘lsa-da, ularning sodir bo‘lish xavfi 6-12 oy mobaynida ortishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Davlat departamentiga ko‘ra, Tojikistonda bo‘lib turgan AQSh fuqarolari mazkur hujumlarga nishon bo‘lishi mumkin. Shu sababli amerikaliklarga Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasida ayniqsa hushyor bo‘lish, aholi tig‘iz joylashgan hududlarda qolish, olomon to‘plangan joylardan o‘zini olib qochish tavsiya etilgan.
Bungacha Davlat departamenti 2016-yil noyabri va dekabrida AQShning Tojikistondagi elchixonasi ma’lumotlariga tayanib, shunday ogohlantirish e’lon qilgandi.
Izoh (0)