26-avgust kuni Floyd Meyvezer hamda Konor MakGregor o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishi ma’lum. Tashkilotchilar endilikda boks muxlislarini qiziqtirayotgan bir qator masalalarni ochiqladi.
Tashkilotchilar jangdan 636 million AQSh dollari qiymatida sof foyda olishni rejalashtirgan. Bu boks tarixidagi rekord summa hisoblanadi.
Las-Vegasdagi T-Mobile Arena’da o‘tadigan jang Showtime telekanali orqali translyatsiya qilinadi. Kechaning asosiy to‘qnashuviga qadar Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasiga tegishli bokschilar ishtirokida reyting janglari bo‘lib o‘tadi.
Professional faoliyati davomida 49 ta jang o‘tkazgan Meyvezerga qarshi MakGregor karyerasi davomida ilk bor boks qoidalari asosida jang qiladi. 12 raundlik jangda sportchilar 10 unsiylik qo‘lqoplardan foydalanadi. Bunda vazn meyori 69,85 kilogramm ekani e’tirof etilgan.
Izoh (0)