O‘zbekiston futbol federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi byurosining qaroriga ko‘ra, shu yilning sentabr oyida tashkilotda navbatdagi Konferensiya bo‘lib o‘tadi.
O‘FF matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Konferensiya kun tartibidan tashkilot prezidentligi uchun saylov o‘rin oladi. Saylov O‘FF rahbarlik lavozimlarida kelgusida kimlar faoliyat olib borishiga ham oydinlik kiritib beradi.
Konferensiya kun taritibida, shuningdek, O‘FF strukturasini o‘zgartirish va kadrlar masalasini qayta ko‘rib chiqish masalasi, mamlakat futbolini isloh qilish bo‘yicha dasturlar tuzib chiqish ishlari bo‘ladi.
Qayd etish kerak, O‘FFning amaldagi rahbariyati bir necha soat avval milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan ishdan ketmasligini va o‘z lavozimida kamida 5-sentabrga qadar qolishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)