Toshkent shahar Bektemir tumanidagi YPXda marixuana giyohvandlik moddasi olib ketayotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy sayti xabar berdi.
Xabarda ma’lum qilinishicha, 2017-yilning 12-iyun kuni taxminan soat 16:50 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Bektemir tumanidagi YPX maskanida, Lacetti rusumli avtoulov ko‘zdan kechirilganda, haydovchi Azizbek Mahmud o‘g‘li Yoqubov yonida og‘irligi 2,73 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)