“O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” informatsion dasturida O‘zbekison Prezidenti raisligida 12-iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi haqida ma’lumot berildi.
Videoselektorda nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev “iqtisodiyotdagi haqiqiy ahvolni yashirmasdan, ochiq aytishning vaqti kelgani”ni alohida ta’kidlab o‘tdi. Ayni vaqtda, Prezident oddiy odamlarning tashvishi bilan qiziqmayotgan rahbarlarni tanqid ostiga oldi.
Aynan mana shu videoselektor yig‘ilishida Himmat Oqbo‘tayev Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan edi.
Avvalroq O‘zbekiston dunyoning eng tez o‘sayotgan iqtisodiyotlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallagani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)