Ramazon oyi davomida Rossiya Federatsiyasi shaharlarida taroveh namozlarini o‘qib berish uchun O‘zbekistondan jo‘nab ketgan qorilar xatmi Qur’onlarni davom ettirmoqdalar, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-portali.
O‘zbekiston vakillari taroveh namozlarini ado etib berayotgan masjidlarda juma namozlarini o‘qib berdilar. Qorilar juma ma’ruzalarida Ramazon oyining fazilatlari, Ramazon ro‘zasi haqida Qur’on va hadislarda keltirilgan oyat hamda hadislar asosida to‘xtalib o‘tdilar. Shuningdek, ma’ruza davomida musulmonlarning turli buzg‘unchi oqimlar girdobiga tushib qolmasliklari, buning uchun amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar haqida aytib o‘tdilar.
Juma namozlarida faqat erkaklar yig‘ilishini inobatga olib, juma namozidan so‘ng ayollar uchun alohida yig‘ilish o‘tkazilib, ularni hozirgi globallashuv va tahlikaviy davrda yoshlar va ayollarni turli noto‘g‘ri aqidaviy xurujlardan saqlanishlari haqida gapirib o‘tildi. Bunda ularga O‘zbekiston musulmonlari idorasi nashrlaridan bo‘lgan “IShID fitnasi” kitobi yaxshi qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.
Izoh (0)