• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ravshan Haydarov va o‘zbek futboli o‘rtasidagi muhabbat haqida mushuk qissasi

    Hamma eshitgan qiziq hangomadan boshlayman. Yo‘qolib qolgan bir kilogramm go‘shtni mushuk yeb qo‘ydi, deb iddao qilishdi. Shu mushukni taroziga tortishdi: roppa-rosa bir kilogramm. Mana endi savol: agar bu mushuk bo‘lsa, unda go‘sht qani? Agar bu go‘sht bo‘lsa, unda mushuk qani?

    Ravshan Haydarov

    Foto: O‘FF

    Foto: O‘FF

    Futbolga qiziqish bo‘lsa, bu kishini tanimasdan ilojingiz yo‘q. Chunki siz o‘yinini ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan barcha jamoada ishlab chiqqan: “Paxtakor”, O‘zbekiston yoshlari, olimpiyachilari, milliychilari...

    Haydarov ayni vaqtda O‘zbekiston U22 terma jamoasi bosh murabbiyi. “Paxtakor”dan 20 kun ichida iste’foga chiqdi va shu jamoani berishdi. Shu jamoaning murabbiyi bo‘lgan Jasur Abduraimovni esa “Paxtakor”ga berishdi — rotatsiya. Ravshan Haydarov milliy terma jamoada Samvel Babayanga yordamchi ekanidan kelib chiqsak, U22 uchun butun O‘zbekistonda boshqa murabbiy qurib qolganmi? Birinchi ishi ikkinchisiga halal bermaydi deguvchilar bo‘lsa, maqolani o‘qishda davom etamiz va…

    …mushuk hikoyasiga qaytamiz. Agar Haydarov milliy bilan bo‘lsa, olimpiyachilar qani? Agar olimpiyachilar Xitoyda bo‘lsa, Haydarov qani?

    Xitoy yig‘ini

    O‘zbekiston U22 10—15-iyun kunlari Xitoy yig‘inida bo‘ldi. 13-sanada Xitoy U22 ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘FF matbuot xizmati Haydarov jamoasining Xitoyga borishi haqida ancha oldin ma’lum qilgandi. Shundan keyin qaysi futbolchilar boradi, kim bilan boradi — indamadi. Xitoyda o‘yin bo‘lgani va hisob qanaqaligi haqida yozishi kerak bo‘lgani uchun yozdi. Biroq kim kim o‘ynadi, kim gol urdi — yozmadi. Gap esa mamlakatning ikkinchi raqamli jamoasi haqida bormoqda.

    Foto: O‘FF

    Foto: O‘FF

    Bizga Ravshan Haydarov Tehronga milliy terma jamoa bilan uchib ketgani va o‘sha jamoa bilan Toshkentga qaytib kelgani ma’lum. Yuqorida Haydarovning O‘zbekiston U22 ga ustoz ekanini ham bilib oldik. O‘z-o‘zidan kelib chiqadiki, U22 Xitoyga boshqa murabbiy bilan yo‘l olgan. Aytaylik, Aleksandr Mochinov bilan (u aslida U19 bosh murabbiyi).

    Yana o‘sha savol: madomiki Haydarovning muhimroq yumushlari bor ekan, O‘zbekistonda undan boshqa murabbiy yo‘qmidi? Yoki Haydarovsiz ishlay olishiga ishonmasa, Babayanga termada nima bor? Uning yonida Viktor Jalilov, Grigoriy Kolosovskiy, Deyan Jurjevich kabi yordamchilari bo‘lsa, shu to‘rt kishining yoniga beshinchisi nega kerak, agar darvozaga 180 daqiqa davomida 1 ta ham aniq zarba bera olmaydigan ahvolda bo‘lsak?

    Foto: O‘FF

    Foto: O‘FF

    Terma jamoalar markazi

    Yopildi shu tashkilot. Nega yopildi, kimga halal berdi bizga qorong‘u. Shundan kelib chiqib, Ravshan Haydarovni O‘zbekiston U22 ga kim bosh murabbiy qilgani ham jumboq. Samvel Babayan milliy terma tepasiga kelgach, Asqar Tolibjonov boshchilik qiladigan Terma jamoalar markazidan o‘z jamoasini ajratib olgan bo‘lib, qolgan barcha termalar markaz zimmasida edi.

    Foto: O‘FF

    Foto: O‘FF

    Mushuk hikoyasiga qaytamiz. Agar Markaz yo‘q bo‘lsa, Tolibjonov qani? Agar Tolibjonov shu yerda bo‘lsa, unda “Paxtakor”ga ishga kirish uchun kim ariza yozdi? Agar Tolibjonov “Paxtakor”da ishlamoqchi bo‘lsa, Haydarovni U22 ga kim murabbiy qildi?

    Haydarovga “Paxtakor” o‘rniga U22 formulasini Abduraimovga U22 o‘rniga “Paxtakor” formulasiga ko‘paytirsak, javobi Tolibjonovga Markaz o‘rniga “Paxtakor” bo‘ladimi?

    Ravshan Haydarov O‘zbekiston U19 termasi bilan 2015-yil yoshlar mundialining chorak finaliga qadar yetib borgandi. Osiyo chempionatida KXDR termasidan 0:5 hisobida yengilib, yarim finalda to‘xtagan. Vaholanki jamoani Sergey Lushchan shakllantirgan, shunchaki unga “Bunyodkor” bosh murabbiyligi taklif etilgani uchun, termadan voz kechgan. Hozir esa yer bir marta aylanib keldi, Lushchan klubidan iste’foga chiqarildi. Bu unga termadagi faoliyatini davom ettirish imkonini berishi mumkinmi? Axir, O‘zbekiston U22 termasining asosiy futbolchilari uning tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Mumkin, biroq “Paxtakor” boshqa formula, “Bunyodkor” boshqa. Tolibjonovga “Bunyodkor” emas, o‘zi xizmat qilib o‘rgangani “Paxtakor” kerak.

    Xitoy safari kerakmi?

    Ravshan Haydarovning U22 jamoasi 28-may kuni Olmaliq shahrida Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. O‘zbekistonga Yevropada nom qozongan jamoaning tashrif buyurgani yaxshi. Uchrashuvni stadionda anchagina odam ko‘rdi, “Sport” kanali translyatsiya qildi. Tashkilotchilik va g‘oya borasida gap so‘z bo‘lishi mumkin emas.

    Foto: “Championat.asia”

    Foto: “Championat.asia”

    Biroq Xitoyga safar varianti shuning g‘irt aksi bo‘ldi:

    • Birinchidan, O‘zbekiston U22 Xitoyga bosh murabbiysiz bordi;
    • Ikkinchidan, ular qaytguncha O‘zbektiston chempionatida tur boshlandi;
    • Uchinchidan, termaga futbolchilarini bergan klublar aziyat chekdi.
    Ravshan Haydarov Xitoyga borishi, keyin bemalol Tehronga jo‘nab ketishi mumkin edi. Agar Xitoy safari rejasi puxta ishlab chiqilganida.

    FIFA kunlari sabab milliy chempionatlarda ikki haftalik tanaffus yuzaga keldi. Bundan unumli foydalangan Braziliyadan tortib, Argentinaga qadar o‘rtoqlik o‘yinlari, shu orqali pul ishlash payida bo‘ldi. Osiyo va Yevropa mamlakatlari bittadan o‘rtoqlik va rasmiy o‘yinlarda maydonga tushishga ulgurdi. Mana endi savol, U22 terma jamoasi shu ikki hafta ichida Xitoyga borib, o‘yinini o‘tkazib kelsa bo‘lmasmidi? Bo‘lardi, bunda hech qanday muammo yo‘q. Evaziga Haydarov shogirdlari bilan bo‘lardi, futbolchilar esa klubi ixtiyoriga o‘z vaqtida yetib kelardi.

    14—15-iyun kunlari O‘zbekistonda tur boshlansa-yu, 15-iyun kuni Toshkentga uchib kelgan futbolchilar qanday qilib klubi safida maydonga tusha oladi?

    • Birinchidan, futbolchilar kamida bir hafta davomida jamoadoshlari bilan mashg‘ulot o‘tkazmagan;
    • Ikkinchidan, klub murabbiylari bo‘lajak o‘yinga ishlab chiqqan taktikadan bexabar;
    • Uchinchidan, safardan uchib kelgan futbolchi 24 soatdayoq tiklana olmaydi. Gap mamlakatlari bir-biriga yaqin bo‘lgan va har ikki soatda o‘zaro reyslari bor Yevropa haqida emas, Osiyo haqida bormoqda.
    “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Nasaf” kabi klublar terma jamoaga futbolchi yetkazib berayotgani uchun rag‘batlantirilishi mayli, O‘FF tomonidan hatto yordam ham berilmasligi qiziq. O‘n yillar davomida mana shunday g‘alati yig‘inlar o‘tkazib kelgan futbolchilar O‘zbekiston milliy termasi yoki umuman o‘zbek futboli uchun olamni olib bergani yo‘q. Shunga qaramay, bizga eski qarashlarga sodiq qoldik. O‘sha futbolchilarini termaga berayotgan klublar esa, ichki chempionatda katta qiyinchilikka duch kelib, qimmatli ochkolarni yo‘qotmoqda. Yevropa formulasi esa ichki chempionatni rivojlantir, terma jamoa o‘zi kuchayadi deydi. Biz ishlab chiqayotgan formula esa terma uchun ichki chempionatni o‘ldirish. Shuning ortidan termalar ham chalajon mana.

    Va eng asosiysi, 15—19-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan saralashda ishtirok etadigan O‘zbekiston U22 termasini bor-yo‘g‘i 2018-yilgi Osiyo chempionati kutib turibdi. Reglamentga ko‘ra, har ikki yilda o‘tadigan qit’a chempionati to‘rt yilda bir marta Olimpiadaga yo‘llanma beradi. Ya’ni, O‘FF uzoqroqni ko‘rib, Tokio—2020 Olimpiadasi uchun tayyorgarlik ko‘rishi yanada mantiqliroq bo‘lardi. Biz esa eski xatoni takrorlashni boshladik. Xato qilish ayb emas, uni takrorlash ayb degan ekan qaysidir odam.

    Chunki, Ravshan Haydarov U22 ga yig‘ib olgan futbolchilar Tokio Olimpiadasida 23 yoshdan katta bo‘lib qolgani uchun ishtirok eta olmaydi. Tokioda 1997—2000-yilda tug‘ilgan futbolchilar O‘zbekiston sharafini himoya qilishi mumkin (agar yo‘llanmani qo‘lga kirita olsak, Rio—2016 yo‘llanmasini Samvel Babayan degan murabbiy yuta olmagan, hozir o‘sha tajribasini milliy termaga ulashmoqda). Shundan kelib chiqib, asosiy e’tibor 2018-yilgi quruq chempionatga emas, 2020-yilgi Olimpiadaga qaratilishi maqsadga muvofiq (IMHO).

    Tokio—2020

    1997—2000-yilda tug‘ilgan futbolchilar sizga ancha yosh ko‘rinsa, shu yil Yevropa ligasining finaliga qadar yetib kelgan Gollandiyaning “Ayaks” klubiga nazar soling. 1995—1998-yilda tug‘ilgan futbolchilar butun Yevropani o‘ziga qarata oldi. Ular ishni 2017-yilda boshlamagan, bu muvaffaqiyatga 7—8 yillik mehnati evaziga yetib kelgan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘zbekiston futboli ham Gollandiya, Germaniya, Belgiya kabi futboli taraqqiy etayotgan mamlakat yo‘lini chuqur o‘rganishi, tahlil qilishi uchun hech narsa halal bermaydi. Bunda O‘zbekistonning hamma yosh terma jamoasida ishlab chiqqan Ravshan Haydarov kabi murabbiylar bilan katta muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. 10—15 yillar davomida futbol muxlislari uning imkoniyatlari va potensiali haqida bilib ulgurdi. O‘FF esa uni terma jamoalarga jalb qilishdan charchayotgani yo‘q.

    Foto: O‘FF

    Foto: O‘FF

    Ravshan Haydarov milliy termada Babayanga yordamchi bo‘lsa, Babayan milliydan ishdan ketib qolsa, Haydarovga yordamchi bo‘ladimi? Milliyni shunda Viktor Jalilovga berish kerakmi? Terma jamoalar markaziga “Paxtakor”dan kelgan Asqar Tolibjonov yana “Paxtakor”ga qaytsa va yuqoridagi kabi rotatsiyalar bo‘lsa, futbol o‘z o‘qi atrofida aylanib qolayotgani oddiq bir mantiq, shunday emasmi? Bunda murabbiylar va mutaxassislar o‘zgarayotgani bilan, odamlar o‘zgarmayapti. O‘z qozig‘imiz atrofida aylanishimiz shu menimcha.

    Mushuk hikoyasiga qaytamiz. Agar futbolimizda hamma narsa joyida bo‘lsa, unda katta g‘alabalar qani? Agar erishganlarimiz katta g‘alabalar bo‘lsa (o‘smirlar va yoshlar futbolida), unda Yevropada o‘z o‘rnini topib ketgan futbolchilar qani?

    14.06.2017, 14:43   Izoh (0)   53967
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avval fantastikadek tuyulgan endi esa haqiqatga aylangan 5 ta kino prognozi

    Kino | 28 iyun, 13:50

    G‘azo hokimiyati: Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

    Dunyo | 28 iyun, 13:10

    Odamlar bilan doimiy muloqot qilishni talab etadigan ish sog‘liq uchun xavfli ekanligi aniqlandi

    Layfstayl | 28 iyun, 12:50

    Xagi-vagi ortidan. “Lalabubu o‘yinchoqlari bolalar psixikasiga zarar yetkazadi” — psixolog

    Farzand | 28 iyun, 12:25

    Andijonda jihodchilarning yashirin jamoati faoliyatiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 12:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.