KXRD yetakchisi Kim Chen Inning o‘ldirilgan akasi — Kim Chen Nam AQSh razvedkasi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Asahi nashri xabar bermoqda.
13-fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida pasportida ismi Kim Chxol deb ko‘rsatilgan Shimoliy Koreya fuqarosi o‘ldirildi. Malayziya politsiyasi ma’lumotlariga qaraganda, bu Kim Chen Nam edi. Uning tanasida VX nerv-paralitik moddasi izlari topildi. VX kimyoviy qurol haqidagi xalqaro konvensiya bilan taqiqlangan.
Marhumning buyumlari orasida 120 ming dollar topilgan. U mahalliy banklardan birortasida valyuta olmagani aniqlandi.
Shu tufayli malayziyalik mutaxassislar pullar AQSh maxsus xizmatlaridan olinganini taxmin qilmoqda. Ilgari Kim Chen Nam AQSh fuqarosi bilan bir necha bor uchrashgani ma’lum.
Shu tariqa, Kim Chen Namni KXDR maxsus xizmatlari o‘ldirgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)