13-iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan yuqori darajadagi “Markaziy Osiyo – BMT” muloqotida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish raisligidagi forumda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari BMTning global aksilterror strategiyasini Markaziy Osiyoda amalga oshirish masalalari va boshqa dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashadi.
Izoh (0)