AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan telefon suhbati davomida ushbu mamlakatga hozircha kelmasligini bildirdi. Bu haqda, The Guardian’ga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Aytilishicha, Tramp Britaniyaga kelsa, mamlakat aholisi uning tashrifiga qarshi norozilik bildirishidan cho‘chimoqda.
Gazetada yozilishicha, ushbu ma’lumotni bergan kishi telefon suhbatiga guvoh bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, Mey xonim Trampning ushbu bayonotidan hayratda qolgan.
Izoh (0)