Toshkentning Mirobod tumanida fohishaxona tashkil etgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida ma’lum qilindi.
“8-iyun kuni taxminan soat 00:30 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qodirjon Amanov Mirobod tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 70000 so‘m pul evaziga fuqarolar “S” va “O”larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan”, — deyiladi xabarnomada.
Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)