AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati mamlakat harbiy qudratini oshirib, terrorga qarshi kurashni yangi bosqichga ko‘tarmoqchi, shu bois Kongressga kiritilgan yangi budjet loyihasida harbiy xarajatlar bandi keskin oshgan. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Jorjiya shtatidagi Dobbins aviabazasida bir guruh harbiy xizmatchilar bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Prezident Tramp — AQSh harbiy xizmatchilari uchun eng yaxshi prezident”, — ta’kidladi Pens, negaki “uning Oq Uyga kelishi bilan qurolli kuchlarni rivojlantirishga ko‘lami jihatdan tarixiy ahamiyatga ega investitsiyalar yo‘naltirishga harakatlar amalga oshirilmoqda”.
“Biz bunga erishamiz, qurolli kuchlar mustahkamlanadi, AQShning demokratiya arsenali tiklanadi, harbiy xizmatchilar AQShni himoya qilish uchun zarur barcha vositalarga ega bo‘ladi”, — xulosa qildi vitse-prezident.
Izoh (0)