BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.
Bosh kotib o‘z tashrifini O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yishdan boshladi.
Shundan so‘ng bosh kotib boshchiligidagi BMT delegatsiyasi Islom Karimov ko‘chasi orqali Samarqand shahridagi O‘zbekiston Prezidentining Xalq qabulxonasida bo‘ldi.
Guterrish “Yuksalish” mahallasining fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unga O‘zbekistondagi mahalla institutlarining ijtimoiy ahamiyati haqida so‘zlab berishdi.
Shuningdek, BMT bosh kotibi O‘zbekiston hukumati a’zolari hamda BMTning O‘zbekistondagi vakillari bilan birgalikda Registon maydoniga tashrif buyurdi.
Antoniu Guterrishning kun tartibidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish, shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘istonga borib, Orolbo‘yi mintaqasini ko‘rish rejalashtirilgan.
Izoh (0)