• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Eronga qarshi o‘yin oldidan FIFA jurnalisti Aleksandr Geynrix bilan suhbatlashdi

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi. O‘FF matbuot xizmati tomonidan tashkil qilingan suhbat davomida tajribali futbolchi faoliyatidagi qiyinchiliklar, saralashdagi bo‘lajak o‘yinlar, Jahon chempionatiga chiqish orzusi hamda Suriyaga qarshi o‘yindagi selfisi haqida so‘zlab berdi.

    Selfi haqida

    FIFA muxbiri Aleksandr Geynrixning Suriya bilan o‘yin vaqtida olgan selfisi oldindan ko‘rilgan tayyorgarlik mahsulimi yoki yo‘q — qiziqib ko‘rdi.
    Selfi o‘z-o‘zidan kelib chiqdi. Jurnalist Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev telefonini menga uzatdi va biz ajoyib ehtiroslar ostida selfiga tushdik.

    Aleksandr Geynrix, hujumchi

    Foto: O‘FF

    Foto: O‘FF

    O‘zbekistonlik hujumchidan intervyu olgan muxbir Geynrixni bir necha kun oldin “Roma” bilan xayrlashgan Franchesko Tottining golli selfisiga qiyosladi.

    Totti menga yoqadi, u haqiqiy afsona. Uning so‘nggi o‘yinini tomosha qildim va muxlislar bilan xayrlashayotganida yig‘ladim. U singari gol nishonlaganimdan mamnunman.

    Aleksandr Geynrix, hujumchi

    Mundial orzusi

    JCh—2018 turniriga saralash bosqichi haqida fikr bildirar ekan, Aleksandr Geynrix so‘nggi turda Janubiy Koreyaga qarshi kechadigan o‘yin hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladimi yoki yo‘q — gapirish erta ekanini aytdi.
    Bu haqda gapirishga hali erta. Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin hal qiluvchi bo‘lishi uchun oldindagi o‘yinlarda ochko olishimiz kerak. Shundan keyingina uni hal qiluvchi desak bo‘ladi. JCh—2018 musobaqasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani olish uchun bor kuchimizni beramiz. Barchasi o‘z qo‘limizda.

    Aleksandr Geynrix, hujumchi

    Foto: O‘FF

    Foto: O‘FF

    Geynrix futbolni qanday yakunlashni istaydi?

    Rossiya mundialiga borishni juda xohlardim. JCh qanday ekani borasida tushunchaga egaman. 2003-yil BAA mezbonlik qilgan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etganman. Faoliyatimni Rossiya—2018 da o‘ynab tugatishni istardim.

    Aleksandr Geynrix, hujumchi

    Foto: O‘FF

    Foto: O‘FF

    Karyera

    Aleksandr Geynrix O‘zbekistondan tashqari Rossiya, BAA, Janubiy Koreya chempionatlarida to‘p surgan. Ayni vaqtda u Qozog‘istonda o‘ynamoqda. Futbolchi turli mamlakatlarda turfa xil futbol madaniyatiga duch kelgani va o‘ziga yarasha tajriba orttirgani haqida aytdi.
    Rossiyaga birinchi borganimda juda yosh edim. Men u yerda futbol o‘ynash oson emasligini tushundim. Mashhur liga, nomdor futbolchilar, katta pul... Asosiy tarkib a’zosi bo‘lish oson bo‘lmaganini tan olish kerak.

    Foto: O‘FF

    Foto: O‘FF

    BAAda umuman boshqacha bo‘ldi: o‘zgacha texnika va noodatiy madaniyat. Rossiya va BAAdagi faoliyatim davomida o‘zim uchun kerakli xulosalar chiqarib, tajriba to‘plaganman.

    Janubiy Koreyada qiynaldim. U yerdagi hayot tarzi, mahalliy ovqatlar, mashg‘ulotlarga ko‘nikish oson kechmagan. Bir oy o‘tgach, K-ligada menga mushkul bo‘lishini tushundim. Menimcha, Koreyadagi karyeram eng qiyini bo‘lgan.

    Qozog‘istonda anchadan buyon o‘ynayman va bu yer menga ma’qul. Qozog‘iston va O‘zbekiston bir-biriga yaqin bo‘lgani uchun, farq deyarli yo‘q va aynan shu narsa menga qulaylik yaratmoqda.

    Aleksandr Geynrix, hujumchi

    Aleksandr Geynrix faoliyati davomida “Do‘stlik” (2001), “Paxtakor” (2002, 2005, 2007—2011), “SSKA” (2003—2004, Rossiya), “Torpedo” (2005—2006, Rossiya), “Suvon Blyuvings” (2011, Janubiy Koreya), “Emireyts” (2012, BAA), “Aktobe” (2012—2014, Qozog‘iston), “Lokomotiv” Toshkent (2014) klublarida to‘p surgan. 2015-yildan buyon esa Qozog‘istonning “Ordabasi” jamoasi sharafini himoya qiladi.

    Hujumchi 2002-yildan buyon milliy terma jamoa sharafini himoya qilib keladi. Shu vaqt mobaynida u 93 uchrashuv o‘tkazib, 31 ta golga mualliflik qildi. Terma safidagi o‘yinlari soni 100 taga yetib qolganiga qaramay, Geynrix individual natijalar muhim emasligini, asosiysi jamoaviy o‘yin ekanini ta’kidladi.

    Foto: O‘FF

    Foto: O‘FF
    Men shaxsiy natija yoki rekordlar ortidan quvmayman. Futbol — jamoaviy o‘yin va bu eng asosiysi.

    Aleksandr Geynrix, hujumchi

    Aleksandr Geynrix O‘zbekiston safida gol ursa, uni qanday nishonlashi haqidagi so‘nggi savolga quyidagicha javob berdi: “Navbatdagi golimni qanday kiritishimni TV orqali ko‘rasiz. Bu siz uchun ‘syurpriz’ bo‘ladi”.

    10.06.2017, 14:30   Izoh (0)   22751
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: “Paxtakor” himoyachisi raqibiga jarohat yetkazmoqchi bo‘lib, o‘zi jarohat oldi

    23.05.2017, 20:02

    Toshkentdagi kuchli yog‘ingarchilik UzReport-TV’dagi “Barselona” — “Vilyarreal” o‘yini translyatsiyasini uzib qo‘ydi

    06.05.2017, 22:38

    Rasman: “Futbol TV” bugun 22:00 da ishga tushadi va “El-klasiko”ni jonli efirda namoyish etadi

    23.04.2017, 21:22

    Patriot Boxing Team — Uzbek Tigers 3:2. Mirzobek Hasanov Uzbek Tigers’ni yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

    21.04.2017, 22:26

    Patriot Boxing Team — Uzbek Tigers 3:1. Madiyor Saidrahimov ham mag‘lubiyatga uchradi

    21.04.2017, 21:59

    Patriot Boxing Team — Uzbek Tigers 2:1. Odil Aslanov Uzbek Tigers hisobiga ikkinchi mag‘lubiyatni olib keldi

    21.04.2017, 21:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Instagram: Farzandli bo‘lgan Shahram G‘iyosov, Andijonda daraxt ekkan Munisa Rizayeva, rafiqasiga mashina sovg‘a qilgan O‘lmas Olloberganov

    Madaniyat | 18 avgust, 10:33

    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

    Reklama | 18 avgust, 10:30

    Olimlar probirkada ilk bor miya yetishtirdi

    Dunyo | 18 avgust, 10:10

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari yagona badal asosida pensiya olishi mumkin bo‘ladi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 09:59

    Janubiy Koreya prezidenti Pxenyan bilan muzokaralarni bosqichma-bosqich qayta tiklashni buyurdi

    Dunyo | 18 avgust, 09:49

    Turkiya chempionati. “Bashakshehir” “Kayserispor” bilan durang o‘ynadi. Shomurodov 70 daqiqa harakat qildi (video)

    Sport | 18 avgust, 09:40

    AQSH yadroviy suvosti kemasi va harbiylarini Karib dengiziga yubordi

    Dunyo | 18 avgust, 09:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.