• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Sardor Rashidov transfer bozorida 2 million yevro. Lobanov esa 300 mingga qimmatlashdi

    Germaniyaning Transfermarkt.de sayti O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilarining yangi transfer baholarini e’lon qildi, deb yozdi “Erudit Sport” nashri. Unda bosh jamoaning bir qator futbolchilari o‘z narxini ko‘tarib olganini, yana aksarida pasayish kuzatilganini ko‘rish mumkin.

    Quyida transfer bahosi ko‘tarilgan futbolchilar haqida ma’lumot beriladi.

    Sardor Rashidov

    Foto: “Erudit Sport”

    Foto: “Erudit Sport”

    Klubi: “Al-Jaish” (Qatar)2016-yil —1,3 million yevro2017-yil —2 million yevroQimmatlashdi — 700 ming yevro

    So‘nggi bir yil davomida transfer bahosi eng katta o‘sishga erishgan o‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov bo‘ldi. 26 yoshli hujumkor yarimhimoyachi o‘tgan yili O‘zbekiston terma jamoasida ham, klubi “Al-Jaish”da ham yomon taassurot qoldirmadi. Qatarliklar safida to‘purarlar qatoridan joy olib, Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finaliga qadar bora oldi. O‘yin borasida ham, transfer narxi borasida ham hali yana o‘sishi kutilayotgan Rashidov bugungi kunga kelib Vitaliy Denisov va Odil Ahmedovdan keyingi O‘zbekistonning eng qimmatbaho uchinchi futbolchisi bo‘lib turibdi.

    Temurxo‘ja Abduxoliqov

    Foto: “Erudit Sport”

    Foto: “Erudit Sport”

    Klubi: “As-Sayliya” (Qatar)2016-yil — 600 ming yevro2017-yil — 1 million yevroQimmatlashdi — 400 ming yevro

    O‘tgan mavsum O‘zbekiston chempioni va kubogi sohibiga aylangan Temurxo‘ja Abduxoliqov “Lokomotiv”dan Qatarning “As-Sayliya” klubiga o‘tib adashmadi. Oliy Liga to‘purari sifatida tahlilchilar tomonidan 600 ming yevro deya baholangan 26 yoshli hujumchi, Qatar Super ligasidagi faoliyatini ham gollar urish bilan boshlab, o‘zini ko‘rsata oldi. Legionerga aylangach, milliy terma jamoadan ham taklif olayotgan Temurxo‘janing bugungi transfer bahosi 1 million yevro. Termadagi raqobatchisi Igor Sergeyev 400 ming yevroga arzonlashgan bir paytda, Abduxoliqovning transfer narxi shunchaga qimmatlashgan.

    Aleksandr Lobanov

    Foto: “Erudit Sport”

    Foto: “Erudit Sport”

    Klubi: “Paxtakor”2016-yil — 300 ming yevro2017-yil — 600 ming yevroQimmatlashdi — 300 ming yevro

    Samvel Babayan tomonidan bugungi kunda O‘zbekiston milliy terma jamoasining birinchi raqamli posboniga aylantirilgan Aleksandr Lobanov Erondagi muvaffaqiyatsiz mavsumidan keyin transfer bahosini ko‘tarishga erishdi. O‘tgan yili 300 ming yevroga baholangan Lobanovning transfer qiymati bir yil ichida yana 300 ming yevrogacha “tosh bosa oldi” va 600 ming yevroga aylandi. Darvozabonning transfer bahosi oshishiga “Paxtakor”dagi o‘yinlari emas, asosan milliy terma jamoa darvozasini muntazam qo‘riqlayotgani sababligi sir emas.

    Eldor Shomurodov

    Foto: “Erudit Sport”

    Foto: “Erudit Sport”

    Klubi: “Bunyodkor”2016-yil — 300 ming yevro2017-yil — 600 ming yevroQimmatlashdi — 300 ming yevro

    Yosh futbolchilar orasidan bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkich Eldor Shomurodovga tegishli bo‘ldi. O‘tgan mavsumda www.transfermarkt.de sayti tomonidan 300 ming yevroga baholangan 21 yoshli “Bunyodkor” futbolchisi klubi safida Oliy Liga va OChL bahslarida, milliy terma jamoamiz safida esa JCh-2018 saralash bahslarida maydonga tushib, mutaxassislar e’tiborida bo‘ldi. Muhim pallalarda Shomurodovning ishonchni oqlagani uning transfer bahosiga ijobiy ta’sir etgan va Eldornnig transfer narxi 300 ming yevroga oshib, hozirda 600 ming yevroni tashkil etmoqda.

    Jaloliddin Masharipov

    Foto: “Erudit Sport”

    Foto: “Erudit Sport”

    Klubi: “Lokomotiv”2016-yil — 250 ming yevro2017-yil — 450 ming yevroQimmatlashdi — 200 ming yevro

    Tobora Oliy liganing eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida O‘zbekiston termasidan ham chaqiruv olayotgan Jaloliddin Masharipovning o‘yini bilan parallel ravishda transfer bahosi ham o‘smoqda. O‘tgan mavsumda 250 ming yevroga baholangan 23 yoshli futbolchining ijara asosida “Lokomotiv” safida OChL o‘yinlarida o‘zini ko‘rsatishi uning qiymatini yana 200 ming yevroga oshirdi va ajoyib texnikaga ega yarim himoyachining transfer qiymati bugungi kunda 450 ming yevroni tashkil etmoqda.

    Marat Bikmayev

    Foto: “Erudit Sport”

    Foto: “Erudit Sport”

    Klubi: “Lokomotiv”2016-yil — 450 ming yevro2017-yil — 600 ming yevroQimmatlashdi — 150 ming yevro

    2000-yillar boshida “Paxtakor” safida porlab chiqqan Marat Bikmayev hozirda faoliyatidagi “ikkinchi yoshligi”ni o‘tkazmoqda. 31 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda “temiryo‘lchilar”ga ikkita sovrinni qo‘lga kiritishda yordam bergan bo‘lsa, bu yil Oliy liganing eng yaxshi to‘purari sifatida jamoasini chempionlik sari dadil boshlamoqda. Odatda futbolchilarning transfer bahosi 30 yoshdan keyin “sho‘ng‘ish”ni boshlasa-da, Bikmayevda buning aksi kuzatilmoqda. Marat 31 yoshida faoliyatidagi eng yaxshi sermahsullikni ko‘rsatib, “Lokomotiv”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lish bilan birga, terma jamoaning Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlarida gol ham urdi. Bunday natijalar uning transfer bahosi oshishini — 450 mingdan 600 ming yevrogacha ko‘tarilishini ta’minladi.

    09.06.2017, 12:44   Izoh (0)   34144
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: “Paxtakor” himoyachisi raqibiga jarohat yetkazmoqchi bo‘lib, o‘zi jarohat oldi

    23.05.2017, 20:02

    Toshkentdagi kuchli yog‘ingarchilik UzReport-TV’dagi “Barselona” — “Vilyarreal” o‘yini translyatsiyasini uzib qo‘ydi

    06.05.2017, 22:38

    Rasman: “Futbol TV” bugun 22:00 da ishga tushadi va “El-klasiko”ni jonli efirda namoyish etadi

    23.04.2017, 21:22

    Patriot Boxing Team — Uzbek Tigers 3:2. Mirzobek Hasanov Uzbek Tigers’ni yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

    21.04.2017, 22:26

    Patriot Boxing Team — Uzbek Tigers 3:1. Madiyor Saidrahimov ham mag‘lubiyatga uchradi

    21.04.2017, 21:59

    Patriot Boxing Team — Uzbek Tigers 2:1. Odil Aslanov Uzbek Tigers hisobiga ikkinchi mag‘lubiyatni olib keldi

    21.04.2017, 21:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Linkoln imzolagan qullikni bekor qilish hujjati 12 mln dollarga sotildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:50

    Xitoyda 300 ming yillik sirli yog‘och qurollar topildi

    Dunyo | 4 iyul, 23:30

    Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 4-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyul, 23:00

    Amerikaliklarning qariyb 40 foizi Maskning yangi partiya tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 4 iyul, 22:40

    Maosh kuniga 75 yevro: o‘zbekistonliklar Slovakiyaga ishga chaqirilmoqda

    O‘zbekiston | 4 iyul, 22:25

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    O‘zbekiston | 4 iyul, 22:11

    Superliga. “So‘g‘diyona” Jizzaxda “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi

    Sport | 4 iyul, 22:09

    AQSHda 400 yilga nohaq hukm qilingan shaxsga qariyb 2 mln dollar tovon to‘landi

    Dunyo | 4 iyul, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.