Polshalik ekspertlar sobiq prezident, marhum Lex Kachinski samolyoti halokatga uchragani haqidagi versiyani tasdiqlamadi. Tanalar yorib ko‘rilganidan so‘ng shunday xulosaga kelindi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Tadqiqotlar o‘zgarishlar avariyaga xos emasligini ko‘rsatdi. Inersiya zarbasi yoki termik ta’sir natijasida yuzaga keladigan jarohatlar aniqlanmadi”, — deyiladi xulosa matnida.
Aytilishicha, tomograf yordamida hech qanday begona metall buyumlar aniqlanmagan.
Izoh (0)