Variety jurnali Vladimir Putin haqida film suratga olgan rejissor Oliver Stoun Rossiya prezidentiga nima sovg‘a qilganidan xabar topdi, deb yozadi Afisha Daily.
Suratga olish jarayonida rejissor Putinga Stenli Kubrikning “Doktor Streynjlav, yoki qanday qilib men xavotirlanmaslikni o‘rgandim va atom bombasini sevib qoldim?” kartinasini ko‘rishni taklif qildi. Tomoshadan so‘ng Stoun prezidentga DVD-diskni topshirdi, Putin esa o‘z ishxonasiga yo‘l oldi, ammo shu zahoti qaytib kelib, bo‘sh qutini ko‘rsatdi.
“G‘irt amerikacha sovg‘a”, — dedi Putin tarjimon yordamida. Quti ichidagi narsa diskovodda qolganga o‘xshaydi, deb ta’kidladi nashr.
Oliver Stoun Putin bilan katta intervyuni suratga oldi, u to‘rt qismdan iborat. Epizodlar 12-iyundan 15-iyunga qadar har kuni Showtime telekanali orqali namoyish etiladi.
Izoh (0)