O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari qanday avtomashinalardan foydalanadi?
“Championat.asia” nashri ularning ayrimlariga o‘z e’tiborini qaratib o‘tdi.
Terma jamoa darvozabonlari hisoblangan Aleksandr Lobanov va Ignatiy Nesterov bir xilda Captiva avtoulovidan foydalanadi.
“Nasaf” darvozaboni Eldor Suyunovda esa Chevrolet Gentra.
Nashrning qayd etishicha, Yegor Krimets 2015-yil Lacetti bilan edi. Xitoydagi faoliyatidan keyin balki boshqa mashina xarid qilgan bo‘lishi ham mumkin.
Odil Ahmedov O‘zbekistonda Toyota Land Cruiser mashinasini afzal biladi.
Sardor Rashidov O‘zbekistonda Captiva, Qatarda esa Mercedes-Benz ML mashinasini minadi.
Jaloliddin Masharipov Malibu’ni o‘zi istagan ko‘rinishga keltirib olgan.
Server Jeparov Audi TT’ga o‘rgangan.
Temurxo‘ja Abduxoliqov Spark haydaydi. Tailand darvozasiga gol urgan futbolchi bu borada eng kamtari bo‘lib turibdi.
Izoh (0)