Tramp FQB rahbarligiga Kristofer Rey nomzodini ko‘rsatmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp Federal qidiruv byurosi rahbarligi lavozimiga Kristofer Rey nomzodini ko‘rsatishini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Men FQB yangi direktori lavozimiga bekamu-ko‘st tavsiyalarga ega odam — Kristofer Rey nomzodini ko‘rsataman”, — deb yozdi AQSh rahbari Twitter’dagi sahifasida.
https://twitter.com/realDonaldTrump/status/872419018799550464
Rey mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos bo‘lib, Yel universitetini tamomlagan. Muqaddam u 2003–2005-yillarda AQSh bosh prokurorining jinoiy ishlar tergovi bo‘yicha yordamchisi bo‘lib ishlagan. Moliya vazirligidagi ishdan so‘ng Rey xususiy faoliyat yuritishga qaytdi.