Toshkent shahri hududida 5-iyun kuni 3 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Ularda 4 nafar shaxs tan jarohatlari oldi, deya xabar berdi IIBB matbuot xizmati .
YPX inspektorlari tomonidan jami 2635 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, ulardan 658 tasini qo‘pol turdagi, 12 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etdi.
Toshkent shahar YHXBning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 5-iyun kuni jami 1031 ta huquqbuzarlik qayd etildi. Ularning 556 tasini svetofor taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmaslik, 475 tasini esa belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etdi.
Izoh (0)