Chilonzor tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Zokirjon G‘oipov savdo do‘koni yerto‘lasida marixuana giyohvand moddasini iste’mol qilish uchun bangixona tashkil qilganligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Yerto‘lani ko‘zdan kechirish davomida 1,06 gramm marixuana giyohvand moddasi, shpritslar va giyohvandlik moddasini iste’mol qilish uchun asbob-uskunalar olingan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 273-moddasi 4-qismi (giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, bunday vositalarni iste’mol qilish uchun bangixonalar tashkil qilish va saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
G‘oipovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Izoh (0)