Londondagi terakt ijrochilaridan biri — Yusuf Zagbaning onasi britaniyalik imomlar marhumning janozasini o‘qimaganini to‘g‘ri tushunishini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq London imomlari terrorchilarning janozasini o‘qishdan bosh tortgani ma’lum qilingan edi.
4-iyunga o‘tar kechasi avtofurgondagi noma’lum shaxslar London ko‘prigidagi piyodalarga urildi, keyin ularga pichoq bilan hujum qildi. Keyinroq Boro bozorida ham pichoq bilan hujum qilinganligi qayd etildi. Politsiyachilar terrorchilarni yo‘q qildi. Terakt oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 48 kishi jarohat oldi. London politsiyasi terakt ishi bo‘yicha 12 kishini hibsga oldi.
Izoh (0)