Saudiyalik milliarder, urushdan keyingi tarixda eng yirik qurol-yarog‘ savdogari hisoblangan Adnan Xashoggi Londonda 81 yoshida vafot etdi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Parkinson xastaligidan aziyat chekkan biznesmen bolalari qurshovida hayotni tark etdi.
Adnan Xashoggi 1935-yilda Saudiya Arabistoni qiroli Abdul Azizning shaxsiy shifokori oilasida dunyoga kelgan.
Tadbirkor o‘z boyligini XX asrning 60—80-yillarida Yaqin Sharq mamlakatlari va AQSh o‘rtasida qurol-yarog‘ sotish bo‘yicha bitimlar tuzishda vositachilik qilish yo‘li bilan to‘plagan. Jumladan, Xashoggi 1980-yillardagi Eron—Iroq urushida Amerika qurol-yarog‘ini Eronga sotishga yordam bergan.
1980-yillarda milliardlab dollarga ega bo‘lgan Xashoggi sayyoraning eng boy odami hisoblangan.
U 1988-yilda moliyaviy firibgarlikda ayblanib, Shveysariya hukumati tomonidan hibsga olingan va AQShga topshirilgan. Biroq 1990-yilda Xashoggi Amerika sudi tomonidan oqlangan.
Izoh (0)