GM Uzbekistan saytida dollar kursiga bog‘liq ravishda o‘zgarib boradigan avtomobillar narxlari bilan real vaqt rejimida tanishish mumkin bo‘lgan bo‘lim ochildi. U yerda ma’lumotlar har hafta yangilanib turadi.
Bo‘limda 2017-yil 6-iyun holatiga ko‘ra, avtomobillarning yangi narxlari e’lon qilindi. So‘mdagi narxlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha ko‘rsatilgan. 1 AQSh dollari = 3874,48 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan 1-iyundan o‘zi ishlab chiqarayotgan barcha avtomobillarni milliy valyuta — so‘mda sotishini e’lon qilgandi. Yangi narxlar dollarga “bog‘langan” va so‘mdagi narxlar har hafta o‘zgarib turishi mumkin.
Izoh (0)