Vazirlar Mahkamasining 6-iyundagi qaroriga muvofiq Bahodir Otaxonov O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda hukumat portali xabar qiladi, deb yozadi Uz24.
Otaxonov ushbu lavozimda Bahrom Shokirovning o‘rnini egalladi. Bahrom Shokirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan bu lavozimdan ozod qilingan.
Izoh (0)