AQSh davlat kotibi yordamchisi vazifasini bajaruvchi Jon Xeffern Rossiya Chernogoriyada davlat to‘ntarishi amalga oshirishni istaganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu haqda respublikaning NATO bo‘yicha hamkorlari xabardor qilingan.
Xeffernning ta’kidlashicha, o‘tgan yili Chernogoriyada bir nechta rossiyalik agent to‘plangan va Chernogoriya rasmiylari NATOdagi hamkorlarini rejalashtirilayotgan davlat to‘ntarishi haqida ogohlantirgan.
Amerikalik diplomatning ma’lum qilishicha, rossiyalik agentlar Chernogoriyadagi saylovlarni izdan chiqarish uchun turli xil mexanizmlardan foydalangan.
Eslatib o‘tamiz, 5-iyun, dushanba kuni Chernogoriya rasman NATO a’zosiga aylandi.
Izoh (0)