Rozmetov – O‘zbekistondagi eng mashhur markalardan biri bo‘lib, 1989-yilda tashkil etilgan. Rozmetov kompaniyasi asoschisi, ta’sischisi va rahbari Rozmetov Ziyoviddin Mutanovich. U ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmadi va kompaniyani o‘z familiyasi bilan nomladi.
Rozmetov kompaniyasi uchun 28 yildan beri, “Bizning oiladan Sizning oilangizga” prinsipi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish eng muhim jihat sanaladi. Kompaniya asoschisining o‘g‘illari Rozmetov Zafar va Rozmetov Sirojiddin ko‘p yillardan beri oilaviy ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan band. Nafaqat kolbasa mahsulotlari, balki delikateslar ham ishlab chiqariladi.
Unchalik katta bo‘lmagan zavod qanday qilib butun Respublikaga mahsulot yetkazib beradi?Mehmonlarni kompaniya birinchi shaxslari va ishlab chiqarishning bosh texnologi Xasan Manashov kutib oldi. Ekskursiya avvalida texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma berildi. Rozmetov kompaniyasining “yuragiga” kirib borish uchun, maxsus sanitar-gigiyenik o‘tkazish punktidan o‘tish lozim edi, u nafaqat qo‘llarini, balki oyoq kiyimini maxsus modda bilan tozalaydi.
Bizning iste’molchilar ishlab chiqarishning barcha bo‘limlari: go‘shtni qabul qilish, bo‘lish, suyaklar paylardan ajratish va turli kirlardan tozalash, qiymaga tuz qo‘shish hamda marinadlash, qoliplarga joylashtirish, dudlash va dushni ko‘zdan kechirishdi.
Shuni aniq aytish mumkinki, Rozmetov ishlab chiqarishda cho‘chqa go‘shti va uning tarkibiy qismlaridan umuman foydalanmaydi. Shuningdek, mol so‘yish qoidalari va barcha belgilangan jarayonlarga rioya etilishini o‘z xodimlari ishtirokida qat’iy nazorat qiladi. Barcha mahsulot yuqori sifatli Yevropa uskunalarida ishlab chiqariladi. Kolbasa mahsulotini tayyorlashda faqatgina tabiiy dudlash uslubi qo‘llaniladi, u Yevropa hududida o‘suvchi buk daraxti qipig‘idan foydalaniladi.
Ushbu kompaniyaning afzalliklaridan biri o‘z laboratoriyasi bo‘lib, u Respublika bo‘ylab atestatsiya qilingan laboratoriyalardandir. Bu yerda har kuni: ta’m, rang, hid, har bir turning konsistensiyasi o‘rganib boriladi. Bunday laboratoriyaning borligi, Rozmetov ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga jiddiy yondashishidan darak beradi. Bugungi kunda Rozmetov ISO 22000:2005 (oziq-ovqat mahsulot xavfsizligining Xalqaro menejment tizim) sertifikatini olgan kam sonli kompaniyalardan biri.
Ishlab chiqarishdagi innovatsiyalar maxsus bo‘limi retsepturalarni yaxshilash va iste’molchilar uchun yangi eksklyuziv mahsulotlar yaratish imkonini beradi. Kompaniya bir joyda turgani yo‘q va vaqt bilan hamohang tarzda rivojlanishga harakat qilmoqda.