Saudiya Arabistoni rasmiylari, Qatar bilan munosabatlar uzilganiga qaramay, ushbu mamlakatdan ziyoratchilar Makka va Madina shaharlariga ziyoratga kelishiga taqiq o‘rnatmaydi. Bu haqda, Saudiya matbuot agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Maxsus bayonotda ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistoni qatarlik hojilarga zarur xizmatlarni ko‘rsatish borasidagi majburiyatlarini bajarishda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Misr, BAA, Yaman, Liviya va Maldiv orollari Qatar bilan diplomatik aloqalarini uzdi.
Izoh (0)