Amerikalik yuqori sinf o‘quvchisi Karolina Uilyams pitssaga bo‘lgan muhabbati haqida insho yozib, Yel (Yale) universiteti qoshidagi kollejlardan biriga o‘qishga qabul qilindi. Bu haqda TJournal hikoya qilmoqda.
Qiz o‘z inshosida pitssa yetkazib berilishidagi quvonch hissi haqida hikoya qilgan. “Pitssa buyurtma qilish menga doim yoqqan, chunki ana shu sakkiz bo‘lak menda mustaqillik va jipslik tuyg‘usini uyg‘otadi”, — deb yozadi Uilyams.
U insho matni va Yel universiteti qabul komissiyasining javobini Twitter’dagi sahifasiga joyladi.
Pitsseriya qizga javob yozdi va undan inshoning to‘liq matnini yuborishni so‘radi.
Karolinaning aniqlik kiritishicha, kirish imtihonlari insho mavzusida “haqiqatda bajarishni xush ko‘ruvchi” narsa haqida yozish so‘ralgan. Qabul komissiyasi qizga javob berar ekan, uning matnidan “qahqaha otib kulganligi”ni bayon qilgan. Ular Uilyamsni tanlagan mavzusi uchun olqishlab, kollejga o‘qishga taklif qilgan.
Izoh (0)