Rossiyaning Tver viloyatida ro‘y bergan otishma qurbonlarining soni to‘qqiz kishini tashkil qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq sakkiz qurbon haqida ma’lumot berilgan edi. Ammo taftishchilar to‘qqizinchi qurbonning tanasini aniqladi.
Ommaviy qotillik Konakov tumanining Redkino posyolkasida, bog‘dorchilik shirkatidagi tadbirlardan birida maishiy mojaro oqibatida ro‘y berdi. Mojaro qatnashchilaridan biri uyidan qurol olib chiqib, uni xafa qilganlar va guvohlarni otib tashladi.
Izoh (0)