Suriya qo‘shinlari Aleppo viloyatida IShID jangarilarining eng yirik tayanch qarorgohi hisoblangan Maskan shahrini nazorat ostiga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, terrorchilar shaharni butunlay tark etgan.
Ayni paytda hukumat qo‘shinlari shaharni tozalamoqda. Sapyorlar guruhlari minalarni qidirib, zararsizlantirmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)