Londonda 4-iyunga o‘tar tunda uyushtirilgan terakt qurbonlari soni yetti kishini tashkil qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq olti kishi qo‘poruvchilik harakati oqibatida halok bo‘lgani bildirilgan edi. Endilikda ma’lumotlar o‘zgardi.
“Ayni paytda, afsuski, yetti kishining halokati tasdiqlandi. Mavjud axborotga ko‘ra, 48 kishi yaralangan”, — ma’lum qildi London politsiyasi rahbari Kressida Dik.
4-iyunga o‘tar kechasi avtofurgondagi noma’lum shaxslar London ko‘prigidagi piyodalarga urildi, keyin ularga pichoq bilan hujum qildi. Keyinroq Boro bozorida ham pichoq bilan hujum qilinganligi qayd etildi.
Izoh (0)