BAAning Dubay shahrida joylashgan Grand Hyatt Dubai mehmonxonasida ayollar uchun Ramadan Tent — og‘iz ochish uchun usti yopiq chodir ishga tushirildi. Bu haqda UAEInside xabar bermoqda.
Ushbu o‘ziga xos chodirga faqat ayollar kelishi mumkin. Tent har kecha ishlaydi.
Bu yerda turfa taomlar taqdim etiladi. Shuningdek, chodirda og‘iz yopish mumkin. Bundan tashqari, chodirda ko‘ngilochar xizmatlar ham ishlaydi, tadbirlar o‘tkaziladi, chilim taklif qilinadi.
Ayollar maxsus taom buyurtma qilishi yoki 195 dirham to‘lab, “Shved stoli”dan bahramand bo‘lishi mumkin. Chodir 250 kishiga mo‘ljallangan.
Izoh (0)